IT-ishlanmalar

2001-yildan buyon biz O‘zbekistonda ham, undan tashqarida ham faoliyat yurituvchi turli sohalardagi kompaniyalar uchun yuzlab saytlar, veb-ilovalar, ma’lumotlar bazalari va modullarni yaratdik.

Kompaniyada 20 ga yaqin xodim (vazifalarni qo‘yuvchilar, dizaynerlar, animatorlar, dasturchilar, sahifalovchilar, testdan o‘tkazuvchilar, akkaunt-menejerlar, jurnalistlar, kopirayterlar) ishlaydi.

Bizning IT-ishlanmalar bo‘yicha xizmatlarimiz: 

  • DIZAYN: saytlar, veb-interfeyslar, mobil ilovalar
  • PROGRAMMING:

  • Laravel, Yii va boshqa freymforklarda veb-ishlanmalar.;
  • Har qanday turdagi saytlarni yaratish (WordPress, Drupal va boshqalar)
  • Internet-do‘konlarni yaratish (OpenCart yechimlari bazasida);
  • Telegram-botlarni ishlab chiqish;
  • Veb-ilovalar, ma’lumotlar bazalari;
  • Mobil ilovalar (iOS va Android);
  • Animatsiyali video va taqdimotlarni yaratish;
  • SEO  (qidiruv tizimlariga moslab  optimallashtirish)
  • IT-KONSALTING va AUDIT

IT-loyihalarni yaratish masalalari bo‘yicha: Alisher Yusupov, kompaniya direktori, +99890 3192351

Portfolio

Farg‘ona vodiysining suv resurslari ma’lumotlar bazasi

Farg‘ona vodiysining suv resurslari ma’lumotlar bazasi

Jahon banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish.II-faza” loyihasining axborot boshqaruv tizimi.  Tizim Info Capital Group va Tractebel engineering GmbH buyurtmasi bo‘yicha ishlab chiqilgan.

Ushbu loyiha ijrochilar tomonidan mazkur loyiha bo‘yicha amalga oshirilgan barcha ishlarning katta ma’lumotlar bazasidir. Barcha suv kanallari, barcha amalga oshirilayotgan ishlar va loyiha byudjetining hisobi yuritiladi.

Ijrochilar va monitoring uchun kabinet, shuningdek, loyihaning har bir hududi uchun kabinetlar ishlab chiqilgan.

Advokatlik byurosining korporativ veb-sayti

Advokatlik byurosining korporativ veb-sayti

De-Yure De-Fakto yuridik firmasi uchun korporativ veb-sayt misoli.

Saytda byuro haqida ma’lumotlar, byuro asoschisi o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashadigan advokat blogi taqdim etilgan, shuningdek, bepul maslahat olish uchun buyurtma berish imkoniyati mavjud.

Advokatlik byurosining yuristlari jismoniy va yuridik shaxslar uchun yuklab olish mumkin bo‘lgan turli masalalar bo‘yicha ariza shablonlari va hujjatlarini ishlab chiqqan (Payme va Apelsin to‘lov tizimlari bilan integratsiya yo‘lga qo‘yilgan).

Invest.Gov.Uz davlat investitsiyalar portali

Invest.Gov.Uz davlat investitsiyalar portali

Invest.Gov.Uz  sayti – bu O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi loyihasidir.

Portalda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar, interaktiv jadvallar va reytinglar joylashtirilgan, statistika ma’lumotlari ko‘rsatilgan, interaktiv xaritada har bir hududning to‘liq ko‘rinishi taqdim etilgan va bo‘lg‘usi investorlarga foydali boshqa ma’lumotlar mavjud.

Saytda, shuningdek, batafsil filtrlar bilan investitsiyaga muhtoj obyektlar reyestri ham mavjud.

UniSat mintaqaviy STEM-loyihasining veb-sayti

UniSat mintaqaviy STEM-loyihasining veb-sayti

Qizlar uchun nanosun’iy yo‘ldoshlarni ishga tushirish bo‘yicha xalqaro STEM loyihasining sayti, UniSat

Bu Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistonning mintaqaviy loyihasi. O‘zbekistonda dastur YUNISEF, Tech4Impact NNT va Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Saytda dastur va hamkorlar haqidagi barcha ma’lumotlar, yangiliklar, fotosuratlar va videolar, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlaridan keltirilgan ayol kosmonavtlarning rolli modellari mavjud.

Zamonaviy loyiha saytiga misol (WordPress CMS), 3 tilda. 

EzDelivery kompaniyasi uchun Ecommerce loyiha

EzDelivery kompaniyasi uchun Ecommerce loyiha

Qo‘shma Shtatlardan tovarlar va posilkalarni yetkazib berish uchun logistika xizmati uchun sayt. 

EzDelivery — bu Amazon, EBay, Zara, Forever 21 kabi savdo maydonlaridan buyurtmalarni yetkazib berishni tashkil qiluvchi dropshipping servisi.

Saytda mijozlar tovarlarni yetkazib berish narxini hisoblashlari, buyurtmalarni birlashtirishlari va ularni trek raqami bo‘yicha kuzatishlari mumkin.

Logistika tizimi bojxona deklaratsiyasini shakllantiradi, omborning hisobini yuritadi va butun logistika zanjirini kuzatib boradi.

Mijozlar, ombor xodimlari, kuryerlar va tizim operatorlari uchun kabinetlar ishlab chiqilgan.