Brand.uz IT-kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 2001-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bizda katta tajriba, professional bilimlar va bozorda 20 yildan ortiq vaqt davomida orttirilgan nufuz mavjud.

Biz ushbu sohalarda faoliyat yurituvchi kompaniyalar guruhining bir qismimiz: startap-akseleratsiyalar i mentorlik dasturlarini tashkil etish, yoshlar va qizlarni STEMga jalb qilish bo‘yicha ish olib borish, startaplar uchun o‘z IT yechimlarimizni ishlab chiqish, iqlim o‘zgarishi, yashil startaplar, qayta tiklanadigan energiya va barqaror rivojlanish bo‘yicha ekspertiza.

Brand.uz kompaniyasi turli murakkablik darajasidagi veb-saytlar va mobil ilovalarni ishlab chiqishdan tortib, Internetda reklama qilish, loyihalar auditi, IT-startaplarni rivojlantirishgacha bo‘lgan IT-xizmatlarning keng doirasini taqdim etadi.

Kompaniya haqida

IT, startaplar, digital va “yashil” texnologiyalar bo‘yicha kompleks xizmatlar va ekspertiza.

Brand.uz IT-kompaniyasi INFO XIZMATI MCHJ sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.

Bizning rivojlanish tariximiz: 

  • 2001-yil: kompaniyaning ochilishi, veb-saytlar va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish;
  • 2005-2020: OAV’larimiz: PR.uz reklama sayti, Resume.uz ish qidirish sayti, Bibi.uz avtomobillar to‘g‘risidagi sayt, Love.uz tanishuv sayti, Krasota.uz qizlar uchun OAV, Masterok.uz qurilish va ta’mirlash to‘g‘risidagi sayt, SportPortal.uz sport sayti, eDoctor.uz tibbiyot sayti;
  • 2015-yil: IT-mutaxassislar uchun o‘z o‘quv kurslarimiz (veb va mobil dasturlash), Ginza IT Course;
  • 2015-yil: SMM yo‘nalishi (ijtimoiy tarmoqlarda ilgari surish) va mobil ilovalarni ishlab chiqish yo‘nalishi ochildi;
  • 2015-yil: startaplar bilan ishlash bo‘yicha yo‘nalish (Startup Mix konferensiyasi, StartupFactory kompaniyasi);
  • 2016-yil: Digital Marketing yo‘nalishi (qidiruv tizimlarida ilgari surish, targetingli reklama, ijtimoiy tarmoqlar, Internetda ilgari surish bo‘yicha xizmatlarining to‘liq kompleksi);
  • 2016-yil: «yashil» texnologiyalar bilan ishlash yo‘nalishi (Green Business Platform, Green Business Innovation kompaniyasi);
  • 2017-yil: biz MUIC (Mirzo Ulug‘bek innovatsion markazi), hozirda dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, ma’lumotlarni qayta ishlash, IT-konsalting xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar uchun IT Park  («Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi» MCHJ) rezidentiga aylandik.

Brand.uz kompaniyasi turli darajadagi murakkablikdagi veb-saytlar va mobil ilovalarni ishlab chiqishdan tortib, Internetda reklama qilish, loyihalarning IT-auditi, IT-startaplarni rivojlantirishgacha bo‘lgan keng ko‘lamli xizmatlarni taqdim etadi. Biz O‘zbekistonda ham, xorijda ham faoliyat yurituvchi turli sohadagi kompaniyalar uchun IT-loyihalarni yaratamiz.

 

Biz hamkasblarimiz bilan bozorni rivojlantiryapmiz. Biz profilli konferensiyalarni tashkil qilamiz, seminarlarda ma’ruzalar qilamiz, tajribamiz va olgan ko‘nikmalarimizni baham ko‘rishga doimo tayyormiz.

 

Bizda qo‘lni qo‘lga berib ishlaydigan ajoyib jamoa bor. Kompaniyada 20 ga yaqin xodimlar (vazifalarni qo‘yuvchilar, dizaynerlar, animatorlar, dasturchilar, sahifalovchilar, testdan o‘tkazuvchilar, akkaunt-menejerlar, internet-marketologlar, jurnalistlar, kopirayterlar) ishlaydi.

 

Kontaktlar: Alisher Yusupov, kompaniya direktori, +99890 3192351