Invest.Gov.Uz davlat investitsiyalar portali

Invest.Gov.Uz  sayti – bu O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish agentligi loyihasidir.

Portalda O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlari bo‘yicha dolzarb ma’lumotlar, interaktiv jadvallar va reytinglar joylashtirilgan, statistika ma’lumotlari ko‘rsatilgan, interaktiv xaritada har bir hududning to‘liq ko‘rinishi taqdim etilgan va bo‘lg‘usi investorlarga foydali boshqa ma’lumotlar mavjud.

Saytda, shuningdek, batafsil filtrlar bilan investitsiyaga muhtoj obyektlar reyestri ham mavjud.